Maktablarda darsliklar yetishmovchiligiga izoh berildi

O‘zbekiston 20:00 / 17.09.2020 5399

“O‘tgan o‘quv yili pandemiya sharoitida tugatilganligi sababli o‘quvchilardan darsliklarni to‘liq yig‘ib olish imkoniyati bo‘lmadi. Ayni vaqtda maktablarning 75 foizida an'anaviy ta'lim jarayoni boshlanmagani uchun foydalanilgan darsliklar maktabga qaytarilmagan. Shu bois o‘quvchilarning darsliklar bilan ta'minlanishida muammolar yuzaga kelmoqda.

Bundan tashqari, karantin davrida ba'zi bosmaxonalarda kitob chop etish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Joriy yil 1 oktyabrgacha barcha maktablar darsliklar bilan to‘liq ta'minlanishi chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Darsliklar bilan to‘liq qamrab olingunga qadar o‘quvchilar elektron darsliklardan foydalanishlari mumkin. Darsliklar elektron varianti Xalq ta'limi vazirligi axborot-ta'lim portali (eduportal.uz) va rasmiy veb-saytga (uzedu.uz) joylashtirilgan,” – deya ma'lumot berdi Rustamova.

Ko‘proq yangiliklar: