JSST Yevropada koronavirus tarqalishi holatlari o‘sayotganligidan tashvish bildirdi

Jahon 20:38 / 17.09.2020 3437

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropada SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirish holatlari o‘sayotganligidan tashvish bildirdi. Hozirda Yevropada haftalik ko‘rsatkichlar mart oyidagi pandemiyaning birinchi to‘lqinidagiga nisbatan yuqori bo‘lmoqda, dedi JSSTning Yevropadagi byurosi rahbari Xans Kluge.

Klugening so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mintaqasida koronavirus yuqtirish holatlarining o‘sishi xavotir uyg‘otmoqda.

"Sentabr oyidagi ma'lumotlar barchamizni hushyorlikka chorlashi lozim", - deb ta'kidladi u.

Shuningdek, nemis virusologi Kristian Drosten Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat avgustdagidan farq qilishini aytdi.

"Robert Kox instituti ma'lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni 2200ga yaqin holat qayd etilgan – bizda yana o‘sish kuzatilmoqda", - dedi u.

Drostenning so‘zlariga ko‘ra, avgustdagi o‘sishni Germaniyaga tashqaridan kelgan holatlar bilan bog‘lash mumkin. Hozirda esa mamlakat ichida kasallik yuqtirganlar aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: