Duty Free asoschisi butun boyligini xayriyaga sarfladi

Jahon 18:25 / 17.09.2020 8717

Duty Free asoschisi Chak Fini bir necha milliard dollar mablag‘ini xayriyaga sarfladi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Finining so‘zlariga ko‘ra, u xotini bilan qiyinchiliksiz yashash uchun ikki million dollar olib qo‘ygan va qolgan pullarining barchasini xayriya qilib yuborgan. Biznesmen 40 yil davomida turli xayriya jamg‘armalariga sakkiz milliard dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazgan.

"Biz ko‘p narsani o‘rgandik. Ortga qarar ekanman, ayrim narsalarni boshqacha qilishim mumkin bo‘lganligini anglayman, ammo baribir baxtiyorman. Maqsadimga tirikligimda erishganimdan xursandman", — degan u.

Qayd etilishicha, Fini kamtarona hayot kechiradi. Uning San-Fransiskodagi xonadoni talabalar yotoqxonasidagi xonani eslatadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: