Dunyoga mashhur arxitektura byurolari poytaxt markazida NRG kompaniyasi uchun loyihalarni ishlab chiqmoqda

Jamiyat 20:00 / 17.09.2020 19497

NRG developerlik kompaniyasi dunyoga mashhur bo‘lgan kompaniyalar o‘rtasida noyob loyiha uchun arxitektura loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha keng ko‘lamdagi tanlovni e'lon qilgan. Ishtirokchilar orasida o‘zining arxitekturaga oid qarashlari va noodatiy yechimlari bilan mashhur bo‘lgan yirik arxitektura byurolari ham bor: Zaha Hadid, INK Architecs, BENOY, DP Architecs Pte Ltd, MB Studio.

Zaha Hadid – Zaha Hadid tomonidan asos solingan Britaniya kompaniyasi. U arxitektura olamidagi eng oliy mukofot – Pritsker mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi ayol bo‘ladi. Bu byuroning ishlari o‘zining noyobligi bilan ajralib turadi, barcha binolar o‘ziga xos va futurist ko‘rinishga ega.

BENOY – ushbu kompaniya o‘z faoliyatini 1947 yilda boshlagan. Bu har bir loyihaga bo‘lgan munosabatni va alohida yondoshuvni qadrlaydigan oilaviy arxitektura byurosidir. 70 yillik faoliyati davomida kompaniya o‘zining nozik didi, tamoyillari va ishga bo‘lgan sadoqatini yo‘qotmagan.

DP Architecs Pte Ltd Singapurdagi va butun dunyodagi eng yirik arxitektura kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaga 1967 yilda asos solingan bo‘lib, hozirgi kunda ko‘p tarmoqli loyihalar byurosi hisoblanadi.

INK Architecs – RIBA Britaniya arxitektorlari Qirollik instituti a'zosi Nurlan Komitov tomonidan asos solingan Qozog‘istondagi yirik loyiha kompaniyasi. Byuro turar joy majmualari, biznes-markazlar, madaniyat va sport inshootlari, jamoat joylari, interer va keng shaharsozlik konsepsiyalarini loyihalashga ixtisoslashgan.

MB Studio – bu dizayn, arxitekturaga oid loyihalashlar va xalqaro salohiyatga ega qurilishning tobora taraqqiy etib borayotgan mahalliy studiyasi. Studiya o‘z ish faoliyatini 2016 yilda Murad Buildings developerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda boshlagan. Kompaniyaning asosiy vazifalari – ijodkorlik, alohida yondoshuv va yangi texnologiyalardir.

Bo‘lajak loyihaning markaziy nuqtada, aniqrog‘i Bunyodkor ko‘chasi va O‘zbekiston shoh ko‘chasi kesishmasida (mo‘ljal Xalqlar Do‘stligi maydoni) joylashishini inobatga olgan holda, NRG kompaniyasi shaharni nafaqat o‘ziga xos jozibali maskanga, balki zamonaviy poytaxtning faol hayoti uchun yangi diqqatga sazovor joyga aylantirishga qaratilgan ajoyib va noyob arxitektorlik durdonasi bilan bezatishga intiladi. Taklif etilgan ish variantlari komissiya tomonidan sinchiklab o‘rganiladi va ko‘rib chiqiladi. Tez orada tanlov g‘olibining nomi e'lon qilinadi.

Yangiliklarimizni kuzatib boring!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: