Bahrayn valiahd shahzodasi koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etadi

Jahon 22:49 / 17.09.2020 3965

“Biz Bahraynda avval koronavirusni davolash va tahlil qilishdagi ilg‘or tajribamiz bilan bo‘lishib, so‘ngra xavfsiz tahlil o‘tkazish va vaksina ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlab oldinga bir qadam tashlaganimiz va o‘z zimmamizga mas'uliyatni olganimizni faxr bilan ayta olamiz”, deb aytgan valiahd shahzoda.

The Guardian nashrining xabar berishicha, shahzoda Xitoyning Sinopharm kompaniyasi ishlab chiqayotgan vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etadi. Ushbu vaksinaning 3-bosqich sinovlari yaqinda boshlangan. Unda 6 ming ko‘ngilli ishtirok etmoqda. 

Ayni vaqtda Bahraynda 62 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 216 nafari vafot etgan.

Hozirda Xitoyda ishlab chiqilayotgan 4 vaksina klinik sinovlarning yakunlovchi bosqichidan o‘tmoqda. 

Xitoyning China National Pharmaceutical Group (Sinopharm) davlat farmatsevtika kompaniyasi va AQShda qayd qilingan Sinovac Biotech kompaniyasi 3ta vaksina ustida ish olib bormoqda. 4-vaksina esa CanSino Biologics tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, iyunda harbiylar tomonidan qo‘llanishi ma'qullangan.  

Ko‘proq yangiliklar: