1 oktyabrdan xalqaro turizmga cheklovlar ham bekor qilinadi
O‘zbekistonda xalqaro turizmni tashkil etishga nisbatan qo‘llangan cheklovlar 1 oktyabrdan bekor qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarorida keltirilgan.
Ma'lum qilinishicha, turizmni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida turistik kompaniyalarga turistlarni olib kelish bilan bog‘liq yengilliklar taqdim etilmoqda.
Bunda O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlar fuqarolari bo‘lgan turistlarni olib kelish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan turistik firmalar ular tomonidan mamlakatimizga turistik guruh (5 kishidan kam va 15 kishidan ortiq bo‘lmagan va turli kasalliklar, jumladan, Covid-19 qamrab oladigan to‘liq sug‘urtasi bo‘lishi sharti bilan) sifatida tashkil etilayotgan turizm sayohatlarini amalga oshirishdan avval turistlar PZR test tekshiruvidan o‘tkazilishini ta'minlashi hamda PZR test tekshiruvi natijasi manfiy bo‘lgan turistlarga nisbatan 14 kunlik karantinda saqlash bo‘yicha cheklov qo‘llanmasligi hamda O‘zbekiston Respublikasiga kirishda koronavirus infeksiyasiga PZR, ekspress-test yoki antigen tekshiruvlaridan o‘tkazilmasligi belgilandi.
«Xorijiy turistlar O‘zbekiston Respublikasida mavjud karantin cheklovlari va sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda harakatlanishlari lozim bo‘lib, bu boradagi talablar bajarilishi turistik firmalar zimmasiga yuklatildi», deyiladi Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasiga kirish vaqtida koronavirus infeksiyasining alomatlari (yo‘tal, isitma va boshqalar) paydo bo‘lganda xorijiy turist o‘tkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida o‘z hisobidan koronavirus infeksiyasiga PZR yoki ekspress-test yoki antigen tekshiruvidan o‘tish uchun namuna topshiradi, bunda test natijalari musbat chiqadigan bo‘lsa o‘z hisobidan karantinga olinib davolanishdan o‘tadi yoxud o‘z mamlakatiga qaytadi.
Mavzuga oid

09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda

12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

12:07 / 11.04.2025