Shuhrat G‘aniyevning akasi vafot etdi. Uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmagani aytilgan

O‘zbekiston 11:23 / 16.09.2020 50867

Farg‘ona viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov Facebook’dagi sahifasida Avazbek G‘aniyevning o‘limi haqida xabar bergan va u qon bosimi ko‘tarilishi va miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etganini ma'lum qilgan.

U 2013 yildan beri Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasini boshqarib kelayotgan edi. Ilgari u Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasi rahbari sifatida ham ishlagan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Avazbek G‘aniyev koronavirusga chalinib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi Avazbek G‘aniyevning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlarni rad etgan, viloyat hokimligi axborot xizmati esa 8 sentabr kuni u pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bo‘lgan boshqa hamroh kasalliklar bilan Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanayotganini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, Avazbek G‘aniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning otasi, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi edi.

Ko‘proq yangiliklar: