Qonliko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi. Avvalgi hokim koronavirusdan vafot etgandi

O‘zbekiston 11:51 / 16.09.2020 14756

15 sentabr kuni xalq deputatlari Qonliko‘l tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi va tuman hokimi lavozimi uchun Ibragimov Abu-Bakir Abdinaimovichning nomzodini taklif qilindi.

Taklif qilingan nomzodni tuman Kengashining deputatlari qo‘llab-quvvatlashgan va tumanning yangi hokimiga aylangan.

Ma'lumot uchun, A.Ibragimov turli yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi boshlig‘i, Nukus shahri hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Nukus shahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i kabi mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shu vaqtgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qonliko‘l tumanining avvalgi hokimi Davlat Ayapbergenovich Tolibayev shu yilning iyul oyida koronavirus oqibatida vafot etgan, o‘shanda Sharap Sarsenbayevich Ospanovga tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: