Qashqadaryo viloyati xorijga 7,2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

O‘zbekiston 11:57 / 16.09.2020 3671

Mamlakatda pishgan tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Mazkur davlatlar orasida Qozog‘iston (26,8), Rossiya Federatsiyasi (11,2) va Qirg‘iziston Respublikasi 2,3 ming tonna ko‘rsatkich bilan yuqori ulushga ega.
 
Ma'lumot o‘rnida, eksport qilingan mazkur tarvuz mahsulotining eng ko‘p ulushi Qashqadaryo (7,2 ming tonna), Toshkent (5,3 ming tonna), Jizzax (5,1 ming tonna), Sirdaryo (4,6 ming tonna) va Xorazm (4,6 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ko‘proq yangiliklar: