O‘zbekiston teri qiyqimlari eksportini amalga oshiradi 

O‘zbekiston 09:00 / 16.09.2020 2779

Vazirlar Mahkamasining “Teri qiyqimlari eksportini amalga oshirish to‘g‘risida”gi farmoyishi loyihasi e'lon qilindi

O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 15 dekabrdagi “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini ta'minlash va eksportni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5286-sonli farmoni 1-bandi va 2018 yil 3 maydagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3693-sonli qarorining 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali charm xomashyosi (nostandartlari ham kiradi), momiq mo‘yna xomashyosi, shu jumladan qorako‘l (nostandartlari ham kiradi) xomashyosini (TIF TN bo‘yicha 4101 — 4107, 4112 00 000 0 — 4114, 4301 — 4302 kodlari) olib chiqish O‘zbekiston prezidenti yoki O‘zbekiston hukumati qarorlari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Hujjatda respublikada charm mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish chiqindisi sifatida har yili uch ming tonnaga yaqin teri qiyqimlari hosil bo‘layotganligi va uning bir qismini foydalanish uchun ichki ehtiyojdan ortiqligi qayd etilgan.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va “O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2020—2021 yillarda respublikada charm mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish chiqindisi sifatida hosil bo‘lgan teri qiyqimlari (spilok)ni (TIF TN bo‘yicha 4101 90 000 kodi) eksport qilish haqidagi taklifiga rozilik beriladi.

Farmoyish bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va savdo vaziri S.U. Umurzoqov zimmasiga yuklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: