Lukashenko Putindan yangi turdagi qurollar so‘radi

Jahon 21:02 / 16.09.2020 13893

“Men Rossiya prezidentidan ba'zi turdagi qurollarni so‘radim. Unga kelganingizda Ittifoqdosh davlat borasida nimani va qayerda mustahkamlash kerakligini ko‘rib chiqamiz, dedim. Qo‘rqadigan joyimiz yo‘q, biz bunga borishga tayyormiz”, deb aytgan Lukashenko.

Uning ta'kidlashicha, oxirgi hodisalar “belaruslar va rossiyaliklar manfaatlarini dadilroq himoya qilish kerakligini” ko‘rsatmoqda.

Lukashenko “kimdir Belarus zaiflashib qoldi, qarshilik ko‘rsata olmaydi, Rossiya chetga o‘tib oladi”, deb o‘ylayotgan bo‘lsa yanglishishini va “ahmoqlargina bunday o‘ylashini” aytgan.

“Biz nafaqat Belarusdagi, balki chegaralarimiz bo‘ylab ham vaziyatni nazorat qila olamiz. Brestdan Vladivostokkacha bo‘lgan umumiy vatanimizni mudofaa qilish borasida ishonchli ekanimizga shubha qilmasangiz ham bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Belarus rahbari uchrashuvda.

Bundan tashqari, Lukashenko Shoyguga Brest yaqinida o‘tayotgan “Slavyan birodarligi” harbiy mashg‘ulotlarini davom ettirishni va yangi qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qilgan.

“Biz kimnidir asabiylashtirishni, surbetlik bilan biror narsa qilmoqchi emasmiz, biroq o‘z manfaatlarimizni himoya qilishimiz lozim”, deb aytib o‘tgan Belarus rahbari.   

Shoygu, o‘z navbatida, Belarus va Rossiya dastlabki rejaga ko‘ra joriy yilda harbiy sohada 130ga yaqin tadbir o‘tkazmoqchi bo‘lganini ma'lum qilgan.

“Afsuski, bu rejani faqatgina 30 foizga bajardik. Biz yil oxirigacha juda bo‘lmasa 70 foizlik natijaga chiqishimiz lozim. Buning uchun jipslashib, hozir borayotgan mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichini o‘tkazishimiz kerak. Oktyabrda navbatdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Rossiya mudofaa vaziri.  

Avvalroq, 14 sentyabrda Lukashenko Sochida Putin bilan uchrashgandi.

Ko‘proq yangiliklar: