Kadastr pasportini berish tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekiston 12:01 / 16.09.2020 12052

Ko‘chmas mulk obektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. U yuridik va jismoniy shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlarini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Kadastr pasportini rasmiylashtirish muddatlari ham qisqartirildi.

Norma’ning yozishicha, tasdiqlangan boshqa ma'muriy reglament ipoteka va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishini tartibga soladi. Mazkur reglamentda nazarda tutilishicha, qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Ipoteka alohida ariza berilmasdan va ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmasdan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Shuningdek quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlari qabul qilindi:

  • yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obektlarini ularning arizalari asosida ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
  • o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
  • fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat xizmatlari agentligiga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda reglamentlarni davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiyalashtirishni va YaIDXP orqali joriy etilishini ta'minlash vazifasi topshirildi.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori ijrosi Prezidentning 31.01.2020 yildagi «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5930-son Farmoni amalga oshirilishini jadallashtiradi.

Hujjat 3.09.2020 yildan kuchga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: