Farg‘onada g‘isht zavodida kelib chiqqan janjal oqibatida bir kishi tibbiyot muassasasiga yotqizildi

Jamiyat 12:35 / 16.09.2020 3660

2020 yilning 8 sentabr kuni soat 08:30da yuk avtomashina haydovchisi, 26 yoshli R.I. Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani To‘qsonqovun qishlog‘ida joylashgan MChJga qarashli g‘isht zavodi hududida tanishi, 26 yoshli M.T. bilan g‘isht ortish navbati bo‘yicha o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, janjal oqibatida R.I. qo‘lida bo‘lgan g‘isht bilan M.T.ning bosh qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, M.T. bosh sohasi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. R.I. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: