Dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilari o‘ntaligi e'lon qilindi

Sport 13:10 / 16.09.2020 14281

Forbes jurnali 2020 yilda dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilari reytingini e'lon qildi. Nashr reytingida bu safar ham Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilgan. Jurnal baholariga ko‘ra, top-10 futbolchilari oldinda turgan mavsumda jami 570 mln dollar ishlab topishadi - bu o‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichdan 11 foizga ko‘p. Bu summa maoshlar va mukofot pullaridan tashqari, bonuslar va reklama shartnomalaridan keladigan mablag‘larni ham o‘z ichiga oladi.

1. Lionel Messi «Barselona»
Jami daromad: 126 million dollar
Maosh: 92 million dollar
Reklama shartnomalari: 34 million dollar

Foto: Reuters

O‘tgan mavsum argentinalik futbolchi uchun eng og‘ir mavsumlardan biri bo‘ldi, Messining «Barselona» rahbariyatiga urush ochdi. Ammo Leo yangi mavsum arafasida hech qayerga ketmadi, demak u yana bir yil davomida shartnoma bo‘yicha 92 million dollar (soliqlar chiqarib tashlanmaganda) ishlab topadi. To‘g‘ri, 2021 yilda shartnoma muddati yakunlanadi va uning reytingdagi o‘rni o‘zgarishi mumkin.

2. Krishtianu Ronaldu «Yuventus»
Jami daromad: 117 million dollar
Maosh: 70 million dollar
Reklama shartnomalari: 47 million dollar

Foto: EPA/Vostock-photo

Ronaldu 35 yoshda. Bu yoshda ko‘plab forvardlar faoliyatini yakunlashadi, ammo portugaliyalik futbolchi gol urishda, rekordlarni yangilashda va katta mablag‘larni ishlashda davom etmoqda. Krishtianu futbolda yirik reklama shartnomalariga va ijtimoiy tarmoqlarda haddan tashqari katta auditoriyaga ega — 457 million. Unda hali ham katta ishtiyoq bor va u yaqinda terma jamoalar safida gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishi kutilmoqda.

3. Neymar «PSJ»
Jami daromad: 96 million dollar
Maosh: 78 million dollar
Reklama shartnomalari: 18 million dollar

Foto: Reuters

Braziliyalik futbolchi 2017 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tib, o‘zining yillik maoshi miqdorini 4 baravarga oshirib olgandi. O‘tgan vaqt mobaynida bu miqdor o‘zgarmadi. To‘g‘ri, yozda Neymarning Nike kompaniyasi bilan shartnomasi muddati yakunlandi, bu kompaniya 13 yildan buyon unga homiylik qilib kelayotgandi, ammo  u yangi shartnoma imzoladi — Puma bilan.

4. Kilian Mbappe «PSJ»
Jami daromad: 42 million dollar
Maosh: 28 million dollar
Reklama shartnomalari: 14 million dollar

Foto: Reuters

Neymarning klubdoshi undan ikki barobar kamroq ishlab topdi. Ammo bu hozircha: Mbappe yildan yilga mashhurlashib bormoqda, uning samaradorligi ham o‘smoqda. O‘tgan mavsumda, koronavirus tufayli yarmida to‘xtab qolgan chempionatda 21 yoshli fransuz yana eng yaxshi to‘purar bo‘ldi (Ben Yyedder bilan birga), yozda esa Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi. Forbes Mbappe tez orada uchlikka kirishini prognoz qilgan — unda Nike va Hublot kompaniyalari bilan yirik shartnomalar bor, u FIFA 21 muqovasiga ham chiqqan.

5. Muhammad Saloh «Liverpul»
Jami daromad: 37 million dollar
Maosh: 24 million dollar
Reklama shartnomalari: 13 million dollar

Foto: EPA/Vostock-photo

Misrlik ushbu hujumchi — APLda eng yuqori maosh oluvchi futbolchidir. Hayron qolgulik emas: Saloh qatorasiga uch mavsum davomida yuqori darajada futbol namoyish etmoqda, u «Liverpul» Chempionlar ligasida va premer-ligada g‘olib bo‘lishida asosiy ishlarni bajardi.

6. Pol Pogba «Manchester Yunayted»
Jami daromad: 34 million dollar
Maosh: 28 million dollar
Reklama shartnomalari: 6 million dollar

Foto: EPA/Vostock-photo

Pogbaning «MYu» bilan shartnomasi keyingi yil tugaydi, lekin klub kelishuvni uzaytirish bo‘yicha banddan foydalanishi mumkin. Muxlislar uning o‘yinidan qoniqish hosil qilishmayapti, ammo barcha avgustda u «Verdansk» klubi bilan shartnoma imzolaganida shoshib qoldi. Aslida bu Call of Duty: Warzone videoo‘yinining promo-kompaniyasi edi.

7. Antuan Grizmann «Barselona»
Jami daromad: 33 million dollar
Maosh: 28 million dollar
Reklama shartnomalari: 5 million dollar

Foto: EPA/Vostock-photo

Fransuz futbolchisi videoo‘yinlarni juda yoqtiradi va kompaniyalar uning bu qiziqishlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishadi. FIFA, Fortnite, CS:GO, Rainbow Six — ularning barchasi Grizmann bilan hamkorlik qilishadi. To‘g‘ri, hayotdagi futbolda o‘tgan mavsumda ushbu hujumchining omadi yurishmadi — «Barselona»dagi birinchi mavsum muvaffaqiyatsiz chiqdi, uni hatto «PSJ»dagi Neymarga almashtirmoqchi bo‘lishdi.

8. Garet Beyl «Real»
Jami daromad: 29 million dollar
Maosh: 23 million dollar
Reklama shartnomalari: 6 million dollar

Foto: EPA/Vostock-photo

Beylning «Real» bilan munosabatlari sovuqlashishda davom etmoqda. O‘tgan yil kuzida u Uels terma jamoasining Yevro-2020 chempionatiga yo‘llanma olganini quyidagi yozuvlar bitilgan bayroq bilan nishonlagandi: «Uels. Golf. Madrid. Shu tartibda». Albatta, bu ish Zinedin Zidanga yoqmadi va Beyl sayyoradagi eng qimmatbaho zaxira o‘yinchisiga aylandi. Karantin tugagach britaniyalik futbolchi «Real» safida atigi ikki o‘yinda maydonga tushdi va Chempionlar ligasi o‘yinlariga zayavka ham qilinmadi. U tez orada bu reytingdan tushib qolishi haqiqatga yaqin.

9. Robert Levandovski «Bavariya»
Jami daromad: 28 million dollar
Maosh: 24 million dollar
Reklama shartnomalari: 4 million dollar

Foto: Reuters

France Football bu yili «Oltin to‘p» mukofotini topshirishdan voz kechdi, bu esa Robert Levandovskining mukofotini tortib olish bilan teng bo‘ldi. Polyak futbolchisi «Oltin butsa»ni ham qo‘lga kirita olmadi, chunki bundesligadagi o‘yinlar soni boshqa chempionatlardagiga qaraganda to‘rttaga kam, shu tufayli bu mukofot «Latsio» hujumchisi Chiro Immobilega nasib etdi. Ammo Levandovski ham juda yorqin mavsum o‘tkazgandi.

10. David De Xea «Manchester Yunayted»
Jami daromad: 27 million dollar
Maosh: 24 million dollar
Reklama shartnomalari: 3 million dollar

Foto: Reuters

Dunyodagi eng ko‘p daromad ko‘ruvchi darvozabon «MYu» a'zosi. Shu bilan birga, De Xeani dunyodagi eng kuchli darvozabon deb atash qiyin, garchi iyulda u premer-ligada quruq o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha klub rekordini o‘rnatgan bo‘lsada. Ispaniyalik futbolchi «Yunayted» hali yana uch mavsum o‘tkazadi, shunday ekan u o‘z ishi uchun katta pullar ishlashda davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: