Dezinfeksiya tunnellari o‘rniga sanitayzer-dispenser qurilmalari o‘rnatiladi

O‘zbekiston 10:03 / 16.09.2020 16868

Respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida dezinfeksion tunnellardan foydalanish to‘xtatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaksiz o‘lchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda tibbiy yoki bir martalik niqoblar bilan ta'minlash, shuningdek, kirish qismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispenser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi. 

Bunda ushbu amaliyotlarni tegishli qoidalar asosida olib borish bo‘yicha mas'uliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasida bo‘lib, mazkur tadbirlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq, O‘zbekistonda dezinfeksiya tunnellari taqiqlanayotgani ma'lum qilingandi

Ko‘proq yangiliklar: