Tramp Asadni yo‘q qilmoqchi bo‘lganini, ammo Pentagon rahbari bunga qarshi chiqqanini tan oldi

Jahon 22:00 / 15.09.2020 6930

Amerikalik jurnalist Bob Vudvordning 2018 yilda nashr etilgan kitobida Tramp Mettisdan Asadni o‘ldirish rejasini ishlab chiqishni talab qilgani, ammo Mettis bunga rozi bo‘lmagani yozilgan. Kitob chop etilganida Tramp buni Asadni yo‘q qilishga uringanini inkor qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya yetakchisi Bashar Asadni yo‘q qilmoqchi bo‘lgani, bunga mudofaa vaziri Jyeyms Mettis qarshi chiqqanini aytdi. Tramp Fox News telekompaniyasiga bergan intervyusida buni tan oldi.

"Asadni yo‘q qilgan bo‘lardim.  Hamma narsani tayyorlab qo‘ygandim, biroq Mettis buni xohlamadi", dedi u.

Tramp 2017-2019 yillarda AQSh mudofaa vaziri bo‘lgan Mettisni "o‘z majburiyatlarini yomon bajargan general" deb ta'rifladi.

"Asadni yaxshi inson deb hisoblamayman va imkoniyatim bor edi, ammo Mettis qarshi bo‘lgandi, Mettis bunday choralarga qarshi edi", - deb qo‘shib qo‘ydi AQSh prezidenti.

Bloomberg agentligining qayd etishicha, amerikalik jurnalist Bob Vudvordning 2018 yilda nashr etilgan kitobida Tramp Mettisdan Asadni o‘ldirish rejasini ishlab chiqishni talab qilgani, ammo Mettis bunga rozi bo‘lmagani yozilgan. Kitob chop etilganida Tramp Asadni yo‘q qilishga uringanini inkor qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: