Qirg‘izistonda ulkan ko‘chki sodir bo‘ldi

Jahon 20:38 / 15.09.2020 17840

Qirg‘izistonning Norin oblastidagi Qora-Keche ko‘mir konida ko‘chki yuz berdi. Bu haqda mamlakat transport va yo‘l vazirligi xabar berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘chki hajmi 900 ming kub metrni tashkil etadi. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, ko‘chki Diykan - Qora-Keche avtoyo‘lining 37-kilometrida sodir bo‘lgan. Tog‘ jinslari Qora-Keche daryosi o‘zanini to‘sib qo‘ygan, elektr uzatish liniyalarini ag‘dargan va ushbu uchastkadagi yo‘l ham to‘silib qolgan. 

«Hozirda tuproq massasi Qora-Keche daryosiga tushmoqda. Ko‘chki oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda», - degan transport vazirligi vakili Zarilbek Monoshev.

Qora-Keche Qirg‘izistondagi eng yirik ko‘mir konlaridan hisoblanadi. Bu yerdagi ko‘mir zaxiralari 400 mln tonna deb baholanadi.

Ko‘proq yangiliklar: