Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning yanada pasayishi kutilmoqda - OTB hisoboti
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan e'lon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasidagi pasayish natijasida bu yil O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sishning yanada pasayishi kutilmoqda.
OTBning yetakchi yillik iqtisodiy nashri bo‘lmish Asian Development Outlook 2020’ga (ADO) kiritilgan yangi ma'lumotlarga muvofiq, OTB 2020 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishini 0,5 foiz darajasida prognoz qilmoqda va bu iyun oyidagi 1,5 foiz darajasidagi prognozga nisbatan pasayishdir. Biroq, 2021 yilda YaIM 6,5 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda va bu prognoz bu yil oldinroq qilingan prognozga mos keladi.
- Bizning hisobotimizda bu yil o‘sishning pasayishini taxmin qilinayotgan bo‘lsa-da, xizmatlar va sanoat sohalarida kutilayotgan o‘sish natijasida 2021 yilda qayta tiklanish kutilmoqda, - deydi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini. - Mamlakat pandemiyani eng qisqa vaqt ichida yengishi va iqtisodiyotni tiklashini ta'minlash uchun biz kasallikning ijtimoiy va iqtisodiy ta'sirini va sog‘liqqa bo‘lgan ta'sirini kamaytirish borasida O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlab, yordam berib kelmoqdamiz.
Bankning inflatsiya prognozlari o‘zgarishsiz qolmoqda – 2020 yilda 13 foiz va 2021 yilda 10 foiz. Pandemiya bilan bog‘liq uzilishlar 2020 yilning dastlabki 7 oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining inflatsiyasini oshirdi, biroq bu davrda boshqa tovar va xizmatlar narxlari inflatsiyasi sekinlashdi. Shu bilan birga, oldingi yilga nisbatan O‘zbekiston so‘mining AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi 2019 yilning birinchi yarmidagi 2,5 foizdan bu yil 6,7 foizgacha ko‘tarildi.
Sayohat cheklovlari va Rossiyadagi zaiflik tufayli pul o‘tkazmalarining qisqarishi va tabiiy gaz va misga bo‘lgan talabning va narxlarning pasayishi sababli tovarlarning eksporti 19,7 foizga pasayishi natijasida O‘zbekistonning joriy hisob defitsiti 2020 yilning birinchi yarmida YaIMning 7,7 foiziga o‘sdi.
Ta'minot zanjiridagi uzilishlar tovarlar importining 14,1 foizga qisqarishiga olib keldi, qurilish va sanoat mollari importida sezilarli pasayish kuzatildi. Xizmatlar eksporti 38,6 foizga, importi esa 28,4 foizga pasaydi. Eksport va pul o‘tkazmalaridagi zaiflik davom etayotgan sharoitda bank joriy hisob defitsitining 2020 yilda oshishini va 2021 yilda eksport va pul o‘tkazmalarining tiklanishi natijasida qisqarishini prognoz qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Jahon | 16:30
-
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi
O‘zbekiston | 16:09
-
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 15:55
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025