«Mahalla va oila» ilmiy tadqiqot institutiga direktor tayinlandi

O‘zbekiston 22:56 / 15.09.2020 2919

O‘zA xabariga ko‘ra, 15 sentabr kuni mazkur tayinlov haqidagi hukumatning 553-son qarori qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti prezidentning shu yil fevraldagi farmoni asosida, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda «Mahalla» o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida tashkil etilib, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilgan edi.

Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • jamiyatda «obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish;
  • fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;
  • mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish;
  • mahallalar va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta'minlash, umuminsoniy va milliy, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
  • mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, shuningdek ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish;
  • institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Ko‘proq yangiliklar: