Imomali Rahmon Tojikiston YaIMni yetti yil ichida ikki baravar oshirishga va'da berdi

Jahon 13:25 / 15.09.2020 6263

Tojikiston prezidentligiga nomzod, amaldagi davlat rahbari Imomali Rahmon alohida broshyura shaklida nashr etilgan o‘zining saylovoldi dasturida kelgusi yetti yil ichida respublika yalpi ichki mahsulotining hajmi ikki baravar ko‘payishini ta'kidladi.

Ya'ni, 2020 yilda barcha manbalardan 26 milliard somoniydan ziyod miqdordagi Tojikiston davlat budjeti daromadlarining umumiy hajmi 2027 yilda 52 milliard somoniyni tashkil etadi, deb yozmoqda Asia-Plus.

Shuningdek, Imomali Rahmon kelgusi yetti yil ichida uchta ustuvor vazifani hal etishga alohida e'tibor berishni va'da qildi:

- milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini va uning raqobatbardoshligini ta'minlash;
- o‘rtacha daromadga ega mamlakat aholisi sonining ko‘payishi;
- ijtimoiy-iqtisodiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega mamlakatlar darajasiga erishish.

U mamlakatning energetik, oziq-ovqat xavfsizligi va jadal sanoat rivojlanishini ta'minlash bo‘yicha siyosat davom ettirilishini va'da berdi.

Imomali Rahmon 2027 yilga kelib Tojikistonda o‘rtacha daromadga ega aholi 45 foizni, kambag‘allar esa 18 foizni tashkil etishini rejalashtirgan.

Ta'lim, tibbiyot, pensiya va nafaqalar to‘lashni qo‘llab-quvvatlash uchun u kelgusi yetti yil ichida 123 milliard somoniy mablag‘ ajratmoqchi.

Shuningdek, u davlat hamda xususiy biznes va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash niyatida. 

Ko‘proq yangiliklar: