Har doim test natijalari bir necha bor tekshiriladi, bu natijalar xato ekanini anglatmaydi - DTM

Jamiyat 15:02 / 15.09.2020 5683

14 sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi tomonidan test natijalari yana bir marta ko‘rib chiqilishi haqida ma'lumot berilgan edi. Bu ko‘pchilik tomonidan hozirga qadar e'lon qilingan test natijalari xato degan fikr uyg‘otgan. Holat yuzasidan Davlat test markazi bayonot berdi.

«Test natijalari xato hisoblanmagan. Davlat test markazida har doim test natijalari bir necha bor tekshiriladi. Joriy yilda ham test natijalari qayta ko‘rib chiqiladi va bu mandatgacha bajariladi.

Bu, albatta, test natijalari to‘g‘ri tekshirilganiga to‘liq ishonch hosil qilish, qandaydir xatoliklar o‘tib ketmaganini tekshirish, umuman olganda, test natijalarini tahlil qilish uchun amalga oshiriladi», deyiladi DTM xabarida.

Shuningdek, Davlat test markazi 11 sentabr kuni test sinovlari natijalarini e'lon qilishda kuzatilgan texnik xatoliklar tuzatilganini ham aytib o‘tgan. Muammo kuzatilgan abituriyentlar qayta e'lon qilingan javoblarni o‘z shaxsiy kabinetlarida ko‘rishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: