Foiz Sarroj Liviya bosh vazirligidan ketmoqchi

Jahon 18:20 / 15.09.2020 5611

«To‘rt nafar rasmiy shaxs Sarroj va uning yordamchilari liviyaliklar va xorijiy hamkorlar bilan rejani (ketish - Interfaks) muhokama qilishgan. Hafta oxirigacha u bu haqda bayonot beradi», deya manbalar so‘zlarini keltiradi agentlik.

Qayd etilishicha, keyingi oyda Jyenevada mamlakatning bo‘lajak hukumati bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi, unda Sarroj hukumat rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Bloomberg xabarida ta'kidlanishicha, Sarroj so‘nggi vaqtlarda Tripolidagi siyosatchilar noroziligiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, mahalliy aholi hukumatni korrupsiya va layoqatsizlikda ayblab namoyishlar o‘tkaza boshlagan.

Liviyada ko‘p vaqtdan buyon parallel ravishda ikkita ijro organi mavjud: Tripolida Foiz Sarroj boshchiligidagi Liviya milliy kelishuv hukumati va mamlakat sharqidagi Beng‘ozida Xalifa Haftar rahbarligidagi Liviya milliy armiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Abdulla Abdurrahmon as-Soniyning muvaqqat hukumati. G‘arb nashrlari ma'lumotlariga ko‘ra, Beng‘ozidagi hukumatni Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Misr qo‘llab-quvvatlaydi. O‘z navbatida, Tripolidagi BMT tomonidan tan olingan hukumatning do‘stlari Turkiya, Qatar va Italiya hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: