Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta'minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi 

Jamiyat 08:03 / 14.09.2020 2494

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 14 sentabr kuni soat 11:00dan 17:00ga qadar Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari olib boriladi

Shu munosabat bilan qator manzillarda istiqomat qiluvchi iste'molchilar gaz ta'minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu manzillar quyidagicha:

- Turkiston ko‘chasi;
- Taras Shevchenko ko‘chasi;
- Laxuti ko‘chasi;
- Afrosiyob ko‘chasi;
- Nukus ko‘chasi;
- Amir Temur ko‘chasi;
- Avliyoota ko‘chasi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali keltirilgan noqulayliklar   uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: