Qizimning ko‘zlariga qarashga qo‘rqaman, o‘g‘limsiz qanday yashayman?!. Oqqonga chalingan bemorlar ko‘makka muhtoj

Jamiyat 12:50 / 14.09.2020 7300

Avval otamdan, keyin ukamdan ayrildim. Endi esa o‘g‘lim bu dardga chalindi...

– Samarqandning Nurobod tumanidanman. 13 yoshli o‘g‘lim Javlonbek Toliboyev o‘tkir limfoblast leykoz kasalligiga, ya'ni oqqonga chalingan. Har bir bosqichda davolanish qishloqchasiga aytganda bir suruv qo‘y degani ekan, – deydi yerga qarab Javlonbekning dadasi Akmaljon Karimov.

Negadir kasallik ham ishing yurishmay turganda, boshqa tashvishlar bilan o‘ralashib yurganingda yopishadimi deyman. Qisqa vaqt ichida otamdan ayrildim, bir ukam buyrak kasalligidan nobud bo‘ldi. Yana biri Qozog‘istonda ishlayman, deb mayib bo‘lib keldi. Ularning dardini aritaman degunimizcha o‘g‘lim bu kasallikka chalinib o‘tiribdi.

Poytaxtda, shifoxona ostonasida bir kun yashagan odam meni tushunadi. Bor budimni sotib bo‘lganman. Yana nimamdir bo‘lsa, ayamasdim... Lekin chindan ham butkul tushkunlikka tushib qolganimdan saxovatli insonlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldim, – so‘zlariga yakun yasadi ota.

Javlonbek Toliboyevga oid ma'lumotlar:

Uzcard (Click, Payme): 8600 0417 4655 2281 (Agrobank, otasi Akmal Karimov nomida)

Humo: 9860 0201 3183 2345 (otasi Akmal Karimov nomida)

Sberbank+Viza: 4276 5500 4324 9419 (tog‘asi Farhod Imomov nomida)

Telefon raqami: +998935378201 (tog‘asi)

Qizimning ko‘zlariga qarashga qo‘rqaman...

– Xorazmdan kelganmiz, 6 yoshli qizim Shahzoda Normetova oqqon kasalligi chalinib qolgani tufayli shu shifoxonadamiz. Qiz otaga qay darajada mehribon bo‘lishini qizi bor otalar bilishadi. Bechora qizginam hali o‘zi go‘dak bo‘lishiga va og‘ir kasallikka chalinganiga qaramay onamdek mehribon, – yig‘laydi Shahzodaning otasi Dilshod Yusupov.

Qizimning mungli nigohlarini kuzataman va dunyolarga sig‘may ketaman. Usiz hayotimni bir kun ham tasavvur qila olmayman. Qo‘rqaman...

Shahzoda Normetovaga oid ma'lumotlar:

Uzcard (Click, Payme): 8600 0417 6659 8628 (Agrobank, otasi Dilshod Yusupov nomida)

Humo: 9860 0201 1005 7559 (otasi Dilshod Yusupov nomida)

Viza: 4097 8211 0070 8622 (otasi Dilshod Yusupov nomida)

Sberbank: 5469 6000 3985 0078 (amakisi Dilmurod Yusupov nomida)

Telefon raqami: +998 90 3227446 (otasi)

O‘g‘lim sog‘ayib ketsa bas

– Andijonlikmiz, 2,5 yashar o‘g‘lim Muhammadumar O‘ktamov ham shu davradagilar kabi oqqon kasalligiga chalinib qolgan. Bu shunday bir sinov ekanki, har qanday oilaning qaddini bukib tashlarkan. Bolam so‘lib borayotganini ko‘rib, pana-pastqamga o‘tib ezilib-ezilib yig‘layman, – deydi Shoyadbek Qodirov.

Bolamsiz hayotimni tasavvur qila olmayman. O‘tgan to‘rt oy mobaynida o‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman. Agar dunyoning boyligi qo‘limda bo‘lganida hech ikkilanmay mana shu maskandagi bolajonlar uchun sarflagan bo‘lardim. Lekin qo‘lim qisqaligidan o‘zimning bolamni ham ta'minlay olmayapman. O‘zbekistonda, xorijda saxovatli insonlar juda ko‘p, shu yerda ham holimizdan xabar olib turishadi. Ulardan yordam so‘rayman va umrimning oxirigacha duoda bo‘laman, – so‘zlarini yakunladi so‘nggi bemorimizning otasi.

Muhammadumar O‘ktamovga ma'lumotlar: 

Uzcard (Click, Payme): 8600 0417 7643 4244 (Agrobank, otasi Shoyadbek Qodirov nomida)

Viza: 4097 8211 0070 7814 (otasi Shoyadbek Qodirov nomida)

Sberbank: 5469 6000 3985 0078 (amakisi Saidkamol Jo‘raxonov nomida)

Paynet uchun: +998914869101 

Telefon raqami: +998 91486 9101 (otasi)

Aziz yurtdoshlar! Bugun ham e'tiboringizga ko‘makka muhtoj uch oila haqida hikoya qildik. Umid qilamizki duolaringizda ularni eslaysiz. Savobni saxovat orqali ko‘paytirishni maqsad qilganlar bugun yaxshi imkoniyatga egalar.

Abror Zohidov.

Ko‘proq yangiliklar: