Putin Rossiya Belarus bilan har oyda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini e'lon qildi

Jahon 20:56 / 14.09.2020 7463

Rossiya va Belorussiya yaqin yil davomida har ikki mamlakat hududida deyarli har oy mudofaa sohasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko. Bilan uchrashuvi chog‘ida.

"Avval rejalashtirganimizdek, xuddi shunday qilamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Putinning qayd etishicha, 14 sentyabrdan Belarusda bir necha kunlik mashg‘ulotlar boshlanadi, mashg‘ulotlar o‘tkazilishi 2019 yilda rejalashtirilgan. U mashg‘ulotlardan so‘ng rossiyalik harbiylar o‘zlarining muntazam joylariga qaytishlarini aytdi.

Lukashenkoning aytishicha, Moskva va Minsk o‘rtasida turli masalalarda turlicha qarashlar bo‘lishi mumkin, ammo mudofaa va xavfsizlik masalasida emas.

"Biz mashg‘ulot o‘tkazish-o‘tmaslik haqida hech kimdan so‘rab o‘tirmasligimiz kerak. Mashg‘ulotlar o‘tkazganmiz va o‘tkazamiz. Xohlaganlar bu mashg‘ulotlarga qo‘shilsin, xohlamaganlar qo‘shilmasin",- dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 14 sentabr kuni Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Sochiga yetib keldi.

Ko‘proq yangiliklar: