Mo‘jiza sari 10 bosqich: yettinchi bosqich - o‘yin-kulgi mo‘jizasi

Jamiyat 16:30 / 14.09.2020 8819

Ko‘ngil ochish haqida gapirganda, mo‘jiza qayerdan boshlanadi, degan savol paydo bo‘ladi. U bolalik chog‘idagi o‘yin maydonchasidagi arg‘imchoqlarda o‘tkazilgan cheksiz vaqtlardan boshlanadi. Barcha davrlarda ko‘pchilik uchun bu eng ajoyib ko‘ngilochar maydoncha edi. Endi bolalarimiz qalbini arg‘imchoqlardan iborat o‘lka bo‘ylab sayohatlarga boy bo‘lgan o‘yin-kulgu mo‘jizalari bilan to‘ldiramiz.

Ko‘ngilochar sayilgohlarning tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Ushbu turdagi sayilgohlar ba'zilarni qulay, bayramona muhitda dam olish imkoniyati, boshqalarni adrenalin va ko‘plab diqqatga sazovor joylari bilan jalb qiladi. Mo‘jizali o‘lkada butun oila uchun unutilmas dam olish vaqtini yaratish g‘oyasi The Magic jamoasining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Magic City ijodkorlari tashrif buyuruvchilar uchun ulkan tajriba yaratishga, ularni mo‘jizali dunyoga singdirishga, barcha orzularini amalga oshirishga, shu bilan birga ularni o‘yin-kulgu mo‘jizalariga to‘liq sho‘ng‘itishga intilishadi.

Buning uchun ijodiy dizayn va ilg‘or texnologiyalarni uyg‘unlashtira oladigan, diqqatga sazovor joylarni barpo etgan va dunyo bo‘yicha mashhur ishlab chiqaruvchilardan hisoblanuvchi Zamperla, SBF VISA, C&S kabi kompaniyalar bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Tashrif buyuruvchilarni 28 ta zamonaviy attraksionlar kutmoqda. Ulardan ba'zilarini e'tiboringizga taqdim etamiz.

41 metr balandlikka ega Swing Tower tashrifchilarni balandlikka ko‘tarib, ularga atrofdagi ajoyib manzaradan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Qadimgi klassik uslubdan ilhomlangan yangi Endeavor o‘zining oldingi ajoyib xususiyatlarini saqlab qolgan holda ultra texnologik attraksion diqqatingizni o‘ziga tortadi. O‘rnatilgan o‘rindiqlar 30 m balandlikda ajoyib tezlik bilan parvoz qilish imkoniyatini beradi. LED yoritkichlari sanoat uslubi bilan birgalikda ajoyib effekt bilan hayratlantiradi. 

Zamperla kompaniyasidan Thunderbolt deb nomlangan quvnoq tepaliklar attraksioni birinchi bo‘lib Nyu-Yorkda joylashgan Koni-Aylend orolidagi sayilgohda o‘rnatilgan. Trekning maksimal balandligi 21 metrni tashkil etadi, maksimal tezligi esa soatiga 70 km. 

Shuningdek, sayilgoh hududida 80 metr balandlikdagi eng katta charxpalak joylashgan bo‘lib, u sizga Toshkentga o‘zgacha nigoh bilan qarashga va sayohat davomida poytaxt obektlari to‘g‘risida aql bovar qilmaydigan tarixiy faktlarni bilib olishga imkon beradi.

Disko — bu yana bir ajoyib va dinamik attraksion bo‘lib, unda reyslar ko‘rinishidagi o‘q bo‘ylab harakatlanadigan ulkan disk mavjud.

Bu — sayilgoh yaratuvchilari mehmonlarni hayratda qoldirish uchun tayyorlayotgan ajoyib joylarning kichik bir qismidir.

Har bir obekt mo‘jizali va aql bovar qilmaydigan dunyo muhiti bilan to‘ldiriladi.

Ammo bu Magic City hududida yaratilayotgan mo‘jizalarning hammasi emas. Oilaviy-ko‘ngilochar hududda zamonaviy va mavzuli akvapark ham qurilmoqda.

Bu — barcha suvni sevuvchilarning orzusi. Akvapark eng zamonaviy suv attraksionlari va qiziqarli ko‘ngilochar joylari bilan barchangizni hayratda qoldiradi.

Har bir attraksion juda ko‘p his-tuyg‘ular va adrenalin baxsh etadi va eng muhimi, butunlay xavfsiz bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda sayilgohda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: