Makron Putinga qo‘ng‘iroq qildi va Navalniyning zaharlanishi masalasida izoh so‘radi

Jahon 18:11 / 14.09.2020 19127

Suhbat vaqtida Makron Navalniyga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha oydinlik kiritilishi kerakligi haqida gapirgan. U Rossiya tomonidan ushbu ish yuzasidan shaffof va ishonchli tekshiruv o‘tkazilib, izoh berilishini talab qilgan.

Kremldagilar ushbu telefon muloqoti Fransiya prezidenti tashabbusi bilan uyushtirilgani haqida xabar bergan. «Suhbatda „A.Navalniy ishi“ atrofidagi murakkab vaziyat muhokama qilindi. Vladimir Putin bu masalada Rossiya tomonini asossiz ayblash o‘rinsiz ekanini qayd etdi», deyilgan RF prezidenti ma'muriyati ma'lumotida.

Putin Makronga hodisa qanday ro‘y berganini aniqlash uchun Germaniya tomoni Rossiyaga Navalniydan olingan biomateriallardan namuna, shuningdek, tahlil natijalari bo‘yicha rasmiy xulosani berishi kerakligini aytib o‘tgan. Bundan tashqari, Putin germaniyalik shifokorlar rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda ishlashi kerakligini ta'kidlagan.

14 sentabr kuni Germaniya hukumati Fransiya va Shvetsiyadagi laboratoriyalar ham Navalniyning organizmida «Novichok» guruhiga mansub modda izlari bo‘lganini tasdiqlashgandi.

Ko‘proq yangiliklar: