Andijon viloyatida 400ga yaqin maktab ochilishiga ruxsat berildi

Jamiyat 12:35 / 14.09.2020 4154

Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, viloyatdagi boshqa maktablar 20 sentyabrga qadar bosqichma-bosqich ochiladi. Faqatgina o‘qituvchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan maktablarning ish faoliyatini boshlashi kechiktirib turiladi.

Viloyatda 764ta maktab mavjud bo‘lib, yangi o‘quv yili arafasida barcha ta'lim dargohlarida har kuni sinf kesimida o‘quvchilarning kirib kelishi, sinf xonalariga joylashishi hamda tanaffuslarni o‘tkazishi bo‘yicha repetitsiyalar olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 sentabr kuni Andijon viloyatida 2020-2021 o‘quv yili doirasida 61ta maktab sinov tariqasida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘quvchilar ijtimoiy masofa saqlab, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda tahsil olishga kirishishgan.

Ko‘proq yangiliklar: