AKFA Universiteti: abituriyentlarni tayyorlov kurslariga ro‘yxatga olish boshlandi

Jamiyat 14:30 / 14.09.2020 9961

AKFA Universiteti abituriyentlar uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha Toshkent va Namangan shaharlarida tayyorlov kurslari ochilganini e'lon qiladi.

Tayyorlov kurslari kimyo, biologiya va matematika fanlaridan bo‘ladi. Kurs davomiyligi 10 oyni tashkil etadi. Bir guruhda abituriyentlar soni 10 nafardan oshmaydi. Universitet kurslarga 60 nafar tinglovchini qabul qilishni rejalashtirmoqda. Tinglovchilar imtihon natijasiga ko‘ra qabul qilinadi.

Har bir fan bo‘yicha darslar 1,5 soatdan haftasiga uch marta tashkil etiladi. Darslar ingliz tilida bo‘ladi.

AKFA Universitetining tibbiyot fakultetida o‘qishni istagan abituriyentlar 3ta fan bo‘yicha kurslarda ishtirok etishi majbur. Buxgalteriya va moliya fakultetida o‘qish istagi bo‘lgan abituriyentlar matematika fani bo‘yicha o‘qish majburiydir.

Kurslar Toshkent va Namangan shaharlarida tashkil etiladi. Toshkent shahridagi tayyorlov kursining bir fan uchun narxi 1 oyga 600 ming so‘mni, Namanganda esa 1 oyga 300 ming so‘mni tashkil etadi.

Tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi abituriyentlar (abituriyentlar umumiy sonidan 20 foizi) AKFA Universitetiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi. 

Ta'kidlash lozimki, 2019 yilda tayyorlov kurslariga 50 nafar tinglovchi qabul qilingan edi. Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlarning 90% oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishdi, jumladan AKFA Universitetiga ham. Ya'ni o‘n nafar tinglovchi imtihonlarsiz AKFA Universiteti talabasiga aylandi.

Tayyorlov kurslariga yozilish uchun quyidagi havoladagi shaklni 2020 yilning 23 sentabr kuniga qadar to‘ldiring: bu yerda.

Tayyorlov kurslari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotni telefon orqali olish mumkin: +99871 200-01-23

AKFA Universiteti Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: