Isroil va Bahrayn to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaaloqa o‘rnatadi

Jahon 21:22 / 13.09.2020 2005

“Davlatlar o‘rtasida jonli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqa o‘rnatiladi”, deb aytgan Netanyaxu Isroil hukumati oldida so‘zlagan nutqida. 

Bahrayn BAAdan keyin Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga qaror qilgan Fors ko‘rfazidagi ikkinchi davlatga aylandi. Avvalroq Saudiya Arabistoni Isroilni tan olmasligini, biroq Isroil samolyotlariga Fors ko‘rfazi davlatlariga borish uchun o‘zining havo hududidan foydalanishga ruxsat berishini ma'lum qilgandi.

Fors ko‘rfazi davlatlaridan yana biri - Ummon Bahraynning Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash qarorini qutlagan va bu Isroil va Falastin o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishiga ko‘mak berishiga umid bildirgan. 

“Ummon bir nechta arab davlatlari tomonidan tanlagan ushbu yangi strategik yo‘l Isroil tomonidan Falastin yerlarining bosib olinishi to‘xtatilishiga va poytaxti Sharqiy Al-Qudsda joylashgan mustaqil Falastin davlati tashkil etilishiga asoslangan tinchlikka erishishga ko‘mak beradi, deb hisoblaydi”, deb aytilgan Ummon hukumati bayonotida. 

Biroq Ummonning o‘zi Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash borasidagi o‘z rejalarini e'lon qilmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: