Anqarani qum bo‘roni qopladi

Jahon 00:27 / 13.09.2020 23700

Turkiya poytaxti Anqara shanba kuni qum bo‘roni ostida qoldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Saudiya Arabistonidan yopirilib kelgan og‘ir chang-to‘zon yo‘llarda ko‘rish imkonini cheklab qo‘ydi va harakatlanish to‘xtashiga olib keldi.

Qum bo‘roni yarim soatdan ortiq davom etdi.

Xabar qilinishicha, kamida olti kishi shifoxonaga murojaat qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: