Qatarda "Tolibon" harakati va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlandi

Jahon 15:30 / 12.09.2020 7054

Qatar poytaxti Dohada "Tolibon" harakati va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlandi.

Muzokaralar jarayonining ochilish marosimida milliy yarashuv bo‘yicha oliy kengash rahbari Abdulla Abdulla chiqish qildi.

"Tolibon"ga tinchlik muzokaralari to‘g‘risidagi taklifga rozilik bergani uchun minnatdorlik bildiraman. Bugungi kun urush yakunlangan kun sifatida yodda qoladi", - dedi u.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, "tomonlar Afg‘onistonga tinchlik olib kelishga qaror qilgan".

 29 fevralda Dohada AQSh va "Tolibon" harakati tinchlik kelishuvini imzolagandi. Unga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilari 14 oy ichida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketadi. Toliblar Afg‘oniston hududidan AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlar uchun foydalanmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: