Jonson YeIni Buyuk Britaniya yaxlitligiga tahdid deb atadi

Jahon 18:00 / 12.09.2020 3170

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Yevropa Ittifoqini (YeI) Buyuk Britaniya birligi va hududiy yaxlitligiga tahdid deb atadi, deb yozadi The Telegraph.

 Jonsonning eslatishicha, Buyuk Britaniya YeI tarkibidan chiqqaniga yetti oydan ortiq bo‘ldi va butun o‘tgan vaqt  davomida London va Bryussel o‘rtasida muzokaralar davom etdi.

 Britaniya YeI bilan Kanada kabi erkin savdo to‘g‘risida umumiy kelishuv tuzishga harakat qilmoqda, ammo Bryussel 40 yildan ortiq Yevroittifoq tarkibida bo‘lgan mamlakatga yon bosishni istamayapti, dedi Jonson.

 U shu bilan birga, keyingi bir necha oy davomida «sezilarli natija» ham bo‘lganini qayd etdi.

Britaniya bosh vaziri Londonning Shimoliy Irlandiya bilan munosabatlariga nisbatan tutgan pozitsiyasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Biz Shimoliy Irlandiya bo‘yicha bayonnoma qirollikning bu qismi YeI bojxona ittifoqi tarkibida qolishidan xavfsirayapmiz. Biz Buyuk Britaniyani bu falokatdan saqlab qolishimiz lozim», - dedi Jonson.

Ko‘proq yangiliklar: