AQSh g‘arbiy sohilida yuz bergan kuchli yong‘inlar 26 kishining umriga zomin bo‘ldi

Jahon 18:58 / 12.09.2020 3087

AQShning Kaliforniya, Oregon va Vashington shtatlarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda. Hokimiyat qurbonlar soni bundan ko‘proq bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.

Oregonda o‘n minglab kishilar uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, o‘nlab kishilar esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Reuters agentligining ma'lumot berishicha, yarim millionga yaqin kishi evakuatsiyaga tayyor turish to‘g‘risida xabarnoma olgan. Oregon gubernatori Keyt Braunning bildirishicha, 4000 kvadrat kilometrdan ortiq maydon olov ichida qolgan.

Oregon o‘rmon xo‘jaligi yong‘indan saqlash boshqarmasi boshlig‘i Dug Greyf hududda kamida 16ta yirik yong‘inga qarshi kurashish zarurligini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: