Xitoyda mehmonxona oldida kuchli portlash yuz berdi 

Jahon 22:29 / 11.09.2020 9630

Portlash jarohatlanganlarga olib kelgan. Unga nima sabab bo‘lgani noma'lum, biroq gaz portlagan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda portlash videolari tarqalgan. 

Xitoyning markaziy televideniyesi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida kamida 3 kishi jarohat olgan. Ular shifoxonaga yetkazilgan.

Bundan tashqari, portlash to‘lqini oqibatida yaqin oradagi do‘konlar va uylarga shikast yetgan. Ayni vaqtda voqea joyidagi yong‘in o‘chirilgan. Yaqin atrofdagi bir nechta ko‘chalar bo‘ylab harakatlanish to‘xtatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: