Pulsoksimetrdan kanday foydalanish kerak?
- Moslama yokilgandan so‘ng, o‘z-o‘zini sinab ko‘rish jarayoni tugashi bilan bir necha soniya kutish kerak;
- Moslamani barmoqqa ortiqcha bosimsiz o‘rnatish kerak;
- Moslama lak bilan bo‘yalgan tirnoqqa qo‘llanmaydi;
- Moslamaning batareyasini o‘z vaqtida zaryadlash yoki batareyalarni o‘zgartirish lozim;
- Moslamadan bir kunda 2-3 mahal, zarurat bo‘lsa undan ko‘proq foydalaniladi.
Uy sharoitida kislorod konsentratorini qo‘llash qoidalari:
- Kislorod konsentratorini havo erkin aylanishi va xonaning maqbul namligi bor joyga o‘rnatish kerak. Moslama issiqlik manbalari yaqiniga qo‘yilmaydi;
- Distillangan suv bilan kislorodni namlash uchun mo‘ljallangan maxsus idish to‘ldiriladi;
- Shifokor tavsiyasiga binoan kislorod terapiyasining davomiyligi va havo oqimi rejimi kuzatiladi;
- Oila a'zolarini o‘zaro zararlamaslik uchun shaxsiy burun kanyulyalaridan foydalaniladi.
Kislorod konsentratorini ishlatish ketma-ketligi:
- Rezervuar belgilangan joyigacha namlagich suv bilan to‘ldiriladi;
- Moslama yoqiladi. Kanyulyaning bir uchi moslamaga ulanadi, ikkinchi uchi esa burun yo‘llariga qo‘yiladi;
- Kislorod oqimi o‘rnatilgandan keyin, shifokor tavsiyasiga ko‘ra kislorod terapiyasi boshlanadi;
- Kislorod terapiyasini burun kanyulyasi orqali olayotganda ko‘krak qafasi va qorin bilan nafas olinadi. O‘pkaning maksimal darajada qisilishi va tozalanishi uchun ravon nafas olinadi;
- Mashg‘ulot oxirida havo ta'minoti to‘xtatiladi va moslama elektr tarmog‘idan o‘chiriladi.