Ukrainada Poroshenkoga qarshi 15ta yangi ish ochildi

Jahon 17:41 / 11.09.2020 6614

Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakatning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi  15ta yangi ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda uning advokati Igor Golovan ma'lum qildi.

 "To‘rtinchi sentyabrda muxolifat kuchlari yetakchisi, Ukrainaning beshinchi prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi oz emas-ko‘p emas 15ta yangi ish paydo bo‘ldi. Bu safar  Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan", - dedi Golovan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlar xususan, "hududiy yaxlitlikka tajovuz qilish", "davlat hokimiyatini egallash", "davlatga xiyonat", "o‘zganing mulkini egallab olish", "terrorizmni moliyalashtirish" kabi moddalar bilan qo‘zg‘atilgan.

2019 yil oktyabrda davlat tergov byurosida Poroshenko 12ta jinoyat ish bo‘yicha guvoh sifatida qatnashayotgani ma'lum qilingandi. Dekabrda esa byuro Ukrainaning sobiq prezidentiga 2015 yilda Minsk kelishuvlarini imzolash vaqtida davlatga xiyonat qilganlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.  

 2020 yil aprelda Ukraina bosh prokuraturasi Poroshenkoga nisbatan 2017 va 2019 yillarda oliy sudga sudyalarni tayinlash haqidagi farmonlar bo‘yicha birdaniga 4 ta modda bo‘yicha yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. 20 may kuni sobiq prezidentga nisbatan bir necha kishi Ukrainaning sobiq bosh prokurori Viktor Shokinni iste'foga jo‘natishni muhokama qilayotgan audioyozuvlar sababli davlatga xiyonat va vakolatlarini suiiste'mol qilish moddalari bo‘yicha yana bir ish ochilgan.

Ko‘proq yangiliklar: