Koronavirus simptomlarini aniqlovchi niqob ishlab chiqildi

Jahon 21:21 / 11.09.2020 7852

Niqobga insonning puls, tana harorati, qon bosimi va qondagi kislorod miqdori kabi hayot ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot to‘plovchi datchiklar o‘rnatilgan. Bu ma'lumotlar asosida insonning koronavirusga chalingani haqida xulosa chiqarish mumkin. 

Datchiklar shifokorlar insonning holatini baholay olishlari uchun har yarim soatda mobil telefondagi maxsus dasturga uning sog‘lig‘i haqidagi ma'lumotlarni uzatib turadi. 

Ta'kidlanishicha, ushbu tizimni ko‘p yoki bir marotabalik niqoblar ichiga o‘rnatish mumkin. Nazariy jihatdan chiplar bilan jihozlangan niqobni yuvish va qayta ishlatish ham mumkin. 

Olimlar ushbu tizimning klinik sinovlarini sentabr oxirlarida o‘tkazishmoqchi. Ayni vaqtda niqobning narxi 36 dollar atrofida turadi. Bu qiymatni niqob ommaviy ishlab chiqarilganda 14,6 dollargacha tushirish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: