Iordaniyadagi harbiy bazada kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Jahon 07:54 / 11.09.2020 4114

Iordaniya armiyasining Az-Zarqa shahri yaqinida joylashgan bazasida bir nechta kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda arab OAV xabar berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash fuqarolik obektlaridan olisda joylashgan harbiy obektda yuz bergan. Xavfsizlik xizmatidagi manbaning mahalliy nashrga xabar berishicha, portlashlar Iordaniya qurolli kuchlarining artilleriya bazasidagi o‘q-dori omborida yuz bergan. Hozirda voqea joyida yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi yaralangan. Iordaniyalik harbiylar hozircha portlash yuz berganini rasman tasdiqlashmagan.

Ko‘proq yangiliklar: