Dunyoda koronavirusga qarshi 180ga yaqin vaksina ishlab chiqilayotgani ma'lum qilindi 

Jahon 08:37 / 11.09.2020 6085

Bugungi kunda dunyoda koronavirusga qarshi 180ga yaqin vaksina ustida ishlar olib borilmoqda, ulardan 35 tasi odamlarda sinalmoqda. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi. 

“Hozirda 180ga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda va ulardan 35tasi odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Hali tarixda biror-bir kasallikka nisbatan bunday tez tadqiqotlar bo‘lmagan”, deb ta'kidlab o‘tgan Gebreyyesus.

Uning ta'kidlashicha,ushbu raqamlar oxirgi vaqtda fan va texnologiyada yuz bergan aqlbovar qilmas taraqqiyotdan darak beradi. 

JSST rahbari vaksinani iloji boricha ko‘proq odam foydalana oladigan qilishga chaqirgan. U “vaksina bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar va millatchilik” infeksiyaga qarshi vositalardan foydalanishda hamma teng bo‘lishini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan. Gebreyyesusning aytishicha, uni dunyoda pandemiyani to‘xtatishda yakdillik yo‘qligi hammasidan ko‘ra tashvishlantiradi va bu uning fikricha, bugungi kundagi eng “katta sinov” hisoblanadi.

“Oramizda yakdillik yo‘q bo‘lganda va biz tarqoq bo‘lganda, bu virus uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Mana, nima uchun u hamon tarqalmoqda. Bu meni tashvishlantirmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan JSST rahbari.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 28,3 mlndan, undan vafot etganlar soni 913 mingdan oshib ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: