Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birjadagi «o‘yinlar». Bu haqiqatmi?
«Broker» brokerlar uyushmasi rahbari Sobit Sodiqjonov 1994 yili aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo maydonchasi hisoblangan O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi faoliyatini keskin tanqid qildi. Mutasaddilar esa uning fikrlari asossiz va uydirma ekanini isbotlab berdi.

Sobit Sodiqjonov Kun.uz tahririyatiga murojaat yo‘llab, birjadagi «o‘yinlar» narxning asossiz oshib ketishiga sabab bo‘layotganini iddao qildi. Uning aytishicha, qonunchilikdagi ayrim bo‘shliqlar bunga yo‘l qo‘ymoqda.
Kun.uz masala yuzasidan bevosita brokerning o‘zi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Obidjon Soatov va birja bo‘lim boshlig‘i Alisher O‘rinovni munozaraga taklif qildi.

«2004 yildan birjada broker sifatida faoliyat yuritaman. O‘sha paytlarda tovar-xomashyo birjasida savdolar o‘tkazilishida shaffoflik juda yuqori darajada bo‘lgan edi. Ming afsuski, bular hammasi o‘tgan zamonda qoldi, deb aytishga majburman. Hozir bu jarayon 100 foiz shaffof emas, deya olmayman, lekin shunga turli omillar ta'sir o‘tkazyapti. Bu – bizning fikrimiz, biz birjaning asosiy ishtirokchilari – brokerlarmiz», – deydi Sobit Sodiqjonov.
Uning bildirishicha, shaffoflik kamayishiga qonunchilikdagi o‘zgarishlar sabab bo‘lgan.
«Masalan, birjalar faoliyati to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilingan, 2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan hisob-kliring faoliyati to‘g‘risidagi nizom talablari bekor bo‘ldi. Hukumatning 2018 yildagi 33-sonli qarori qabul qilindi. Unda esa sotuvchi va xaridorning kelishuviga ko‘ra, shartnomalarni jarimasiz bekor qilish tartibi belgilangan. Bizning fikrimizcha, bu xato bo‘lgan», – deydi u.

Tovar-xomashyo birjasi bo‘lim boshlig‘i Alisher O‘rinov brokerning fikriga munosabat bildirib, u ko‘tarayotgan masalaga oydinlik kiritdi.
«Shaffoflik o‘zi nima? Shaffoflik – amalga oshirilayotgan barcha amaliyotlarni barcha uchun ochiq va erkin shaklda namoyon etish. Bugun birjada yopiq ma'lumot deyarli qolmagan. Negaki, tovar-xomashyo birjasida o‘tadigan savdolar to‘liq onlayn platformada amalga oshiriladi. Savdolarda ishtirok etayotgan har bir tomon ma'lumotlar bilan tanishishga teng imkoniyatli. Har bir soniyada berilayotgan buyurtma soni va miqdori ko‘rsatiladi, faqat savdo yakuniga qadar taraflarning kim ekani oshkor etilmaydi. Sababi shundaki, kelgusida xaridor yo brokerlarning sotuvchi bilan kelishgan holda narx bermasligining oldini olish uchun bu joriy qilingan. Bunda shaffoflik darajasi yo‘qoldi, deyish asossiz bo‘ladi», – deydi u.
Alisher O‘rinovning aytishicha, huquq tizimida yagona tamoyil ishlaydi: taraflar shartnoma tuzishi, o‘zgartirish va bekor qilishi erkindir. Fuqarolik kodeksining 1-moddasida belgilanganki, hech bir shaxs shartnomaviy munosabatlarga aralashishga haqqi yo‘q.
«Shartnomani bajarmaslikka olib kelgan sabablar paydo bo‘lganda, tomonlar o‘zaro kelishadi. Agar ulardan biri bu shartlarga ko‘nmasa, shartnoma bandlarini buzgan tomondan ikkinchi taraf foydasiga jarima summasi undiriladi. Bu holatda ikki tomon o‘zaro kelishuv bilan jarimasiz shartnomani bekor qilishi ham mumkin», – deydi u.
O‘rinovning qo‘shimcha qilishicha, birja ishtirokchilari, ya'ni brokerlarning professionalligidan kelib chiqib, ularning harakatidagi qoidabuzarlik uchun jarima qo‘llaniladi. Jarimalar moddiy ko‘rinishda, qoidalarga zid bo‘lgan harakat takrorlansa, broker birjadan bir umrga chetlatilishi ham mumkin.

«Birjadagi shartnomaviy munosabatlarda tomonlardin biri norozi bo‘lib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat etganda, biz ish qo‘zg‘atib, javobgarlik chorasini ko‘ramiz. Qo‘mita tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasiga yuqorida ta'kidlangan holatlarda jarima chorasini ham tatbiq etish taklifi kiritilmoqda», – deydi qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Obidjon Soatov.
Broker Sobit Sodiqjonovning fikricha, har qanday shartnoma tuzuvchilar undan iqtisodiy manfaat olish uchun ahd qiladi. Agar tomonlar savdo qilib, shartnoma tuzib, lekin uni ixtiyoriy tartibda buzadigan bo‘lsa, narxning sun'iy oshiriliga sababchi bo‘lishadi.
Alisher O‘rinov bunday holatlar narxning sun'iy oshirilishi, ya'ni manipulyatsiyaga umuman daxl qilmasligini bildirdi.
«Sotuvchi va xaridor o‘rtasida birja savdolaridan oldin kelishish imkoniyati yo‘q. Bu fakt. Bir kunda 1,5 mingga yaqin shartnoma tuziladi. Sotuvchining vazifasi bitta – tovar va uning narxini belgilab, savdoga chiqarish. U savdo yakuniga qadar xaridorlarning amaliyotini kuzatadi. Xaridorlar o‘ziga qulay narxni taklif etadi. Manipulyatsiya esa savdo yakuniga qadar to‘satdan juda yuqori narx taklif qilib, boshqalarni yuqori narx berishga da'vat qiladigan holatdir. Agar o‘sha taklif egasi savdo davomida buyurtmani bekor qilsa, u manipulyatsiya qilgani uchun kattaroq jarimaga tortiladi. Bu juda kam uchraydigan holat», — deydi Alisher O‘rinov.
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi vakili Obidjon Soatov ham brokerning fikrini inkor etib, buni quyidagicha asoslab berdi.
«Shartnoma bugun bekor qilinsa, ertaga o‘sha tovar yana savdo qo‘yiladi. Reja bo‘yicha ertaga 300 tonna bug‘doyni savdo chiqarmoqchi edi, endi kechagi bekor qilingan shartnoma bo‘yicha, ya'ni qo‘shimcha tonnalar savdoga chiqadi. Aksincha, bu narxning tushishiga sabab bo‘ladi», – deydi u.
O‘rinovning bildirishicha, shartnomalarni ixtiyoriy bekor qilinishi narxning sun'iy oshirilishini maqsad qilib, amalga oshirilganda u manipulyatsiya sifatida e'tirof etiladi. Ammo amaliyotda bundan natija chiqmaydi.
«Hech qachon bir kunlik savdo ertangi savdoga qattiq ta'sir o‘tkazgani, shartnomalar bekor qilinishi natijasida narx keskin oshishi kuzatilmagan. Birjadagi 38ta yuqori likvidli tovarning 27tasining narxi boshlang‘ich qiymatga nisbatan 10 foizga oshadi. Oxirgi 2-3 oyda ehtiyoj katta bo‘lgan sement misolida ko‘raylik: karantin davri tugagandan so‘ng, iyul oyida sementning 1 tonnasi 891 ming so‘mga yetdi. Bunga nima ta'sir qildi? Import qilish past edi, bungacha zavodlar to‘la quvvat bilan ishlamadi, murakkab davrda qurilish ishlarini karantin qoidalari bilan davom ettirishga ruxsat berildi. Bunga shartnomalar bekor bo‘lishi ta'sir ko‘rsatgan emas», – dedi u.
Suhbat davomida sement narxining ko‘tarilishi va tushishi, birjada brokerlarning o‘rni va ishtirokchilarning huquqlari haqida ma'lumot berilgan. To‘liq videoni YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Alisher Ro‘zioxunov tayyorladi.
Tasvir va montaj ustalari – Sherzod Egamberdiyev, Otaxon Yusupov.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

20:45 / 21.02.2022
Avtomobil benzinining sotilish hajmi 1,8 barobarga oshgan

15:24 / 14.09.2021
Birjada paxta yog‘i, sement va suyultirilgan gaz narxi pasaydi

11:31 / 30.07.2021