"Bananza Trade Export" pandemiya vaqtida aholiga sifatli kartoshkalar yetkazishda o‘z hissasini qo‘shmoqda 

O‘zbekiston 19:52 / 11.09.2020 4753

Inson salomatligini xavf ostiga solayotgan koronavirus pandemiyasi bevosita mamlakat iqtisodiyotiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazmoqda. Bunday vaziyatda har bir davlat iqtisodiy barqarorlik bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yishi va aholiga sifatli oziq-ovqat ta'minotini yetkazib berishi talab etiladi. 

Shu o‘rinda, O‘zbekiston ham fuqarolarimiz uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bizga ma'lumki, kartoshka ro‘zg‘orimizdagi eng kerakli va to‘yimli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. O‘zbek taomlarining ko‘p qismi kartoshka mahsulotidan tayyorlanganligi uchun uning sifati va ta'mi juda muhim hisoblanadi. 

"Bananza Trade Export" qishloq xo‘jaligining kartoshka yetishtirish sohasida 8 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya yurtimizda mart oyidan beri pandemiya qayd etilgan vaqtdan boshlab O‘zbekiston aholisiga hamda ichki bozorlarga Gollandiya, Qozog‘iston va  Rossiya Federatsiyasidan arzon narxlarda 50 ming tonnadan ortiq ozuqabop kartoshkalarni yetkazib berdi.

"Bizning korxona joriy yilda Gollandiyaning kartoshka yetishtirish bo‘yicha eng ilg‘or Agrico kompaniyasi bilan hamkorlik qilish uchun muzokaralar olib borildi va shartnomalar imzolandi. Ayni damdagi og‘ir pandemiya sharoitida  Gollandiyadan bu yilgi mavsum uchun o‘z vaqtida kartoshka urug‘lari yetkazilib, ekildi", deya qayd etadi "Bananza Trade Export" MChJ  rahbari J. To‘xtamurotov. 

"Bananza Trade Export" MChJ tomonidan mahalliy sharoitda yuqori hosil beruvchi sifatli kartoshka urug‘lari import qilinib, O‘zbekiston bo‘ylab, jumladan, Toshkent, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tarqatildi. 

Shuningdek, kompaniya kelasi kartoshka ekish mavsumiga qadar Gollandiya, Germaniya, Fransiyadan qishloq xo‘jaligini ilmiy-tadqiqot institutlarining eng malakali agronom hamda soha mutaxassislarini O‘zbekistonga olib kelishni rejalashtirgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - yurtimizdagi dehqon, fermerlarimiz tajribasini oshirish hamda kartoshka yetishtirish unumini serhosil qilishdir. 

"Joriy yilning may oyida  "Bananza Trade Export" kompaniyasi xo‘jaligimizga sifatli kartoshka urug‘larini yetkazib berdi.  O‘tgan yili olib kelingan urug‘lar sifatsiz chiqib, yaxshi hosil olishni imkoni bo‘lmagan edi. Bu yil esa Gollandiyadan keltirilgan urug‘larning barchasi hosil berdi. Golland kartoshkalari bizning iqlimga mosligi uchun kartoshka hosildorligi 35-40 tonnagacha bo‘lmoqda", deydi Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani "Baxtigul Abdulla Omon" fermer xo‘jaligi rahbari. 

"Bananza Trade Export" MChJ 2020 yil kartoshka-urug‘chilik mavsumini a'lo darajada bajarganini, butun dunyoga koronavirus  pandemiyasi xavf solayotgan murakkab bir vaziyatda Prezident tomonidan qabul qilingan "Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi №4704-sonli qarori loyihasi ijrosiga munosib hissa qo‘shganini ma'lum qiladi. 

Instagram: instagram.com/bananza_trade_export

Murojaat uchun telefon:

+998999992999
+998999952222

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: