Armanistonda 2021 yilning 11 yanvarigacha karantin joriy etildi

Jahon 19:10 / 11.09.2020 5317

Armaniston hukumati favqulodda holat rejimi muddati yakuniga yetishi munosabati bilan mamlakatda 2021 yilning 11 yanvarigacha karantin joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda hukumat rasmiy saytida xabar berilmoqda.

"Butun dunyodagi epidemik vaziyatni hamda Armanistonda koronavirus infeksiyasi tarqalayotganligini hisobga olib, Armaniston hukumati 11 sentyabrdan 2021 yil 11 yanvargacha butun mamlakat hududida karantin rejimini joriy etishga qaror qildi", - deyiladi xabarda.

Hukumat qaroriga muvofiq, karantin muddati yakunlanguniga qadar mamlakatga quruqlik orqali kirish taqiqlanadi. Istisno tariqasida diplomatlar va ularning oila a'zolari, aza marosimlariga kelayotganlar hamda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan haydovchilarga mamlakat hududiga kirishga ruxsat beriladi.

 Armanistonga kirib kelgan barcha shaxslar tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va kasallanish belgilari aniqlangan hollarda shifoxonaga yotqiziladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 45 503 kishiga yetgan. Virus respublika aholisining 1,4 foizga yaqin aholisida aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: