Rossiyadagi xorijliklarning viza va mehnat patentlari muddati uzaytirilishi mumkin

Jahon 20:13 / 10.09.2020 7043

Rossiya IIV xorij fuqarolarining amal qilish muddati 15 sentyabrda tugaydigan viza va mehnat patentlarini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma'lum qildi.

 "Bugunga kelib muhlati 15 sentyabrgacha bo‘lgan vizalar, mehnat qilishga berilgan ruxsatnomalar, patentlar, vaqtinchalik yashash ruxsatnomalarining amal qilishi to‘xtatiladi. Hozirda ushbu muddatni uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda", - dedi Kazakova.

 Rossiya IIV 19 mart kuni pandemiya sababli xorij fuqarolari Rossiyada bo‘lib turish muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lganini xabar qilgandi. Unga ko‘ra, migratsiya ro‘yxatiga turish, patent, vizalar muddatini uzaytirish mumkin bo‘lgandi. May oyida esa 15 iyunda muddati tugagan hujjatlarning amal qilishi 93 kunga uzaytirilishi ma'lum qilingandi.

 Avvalroq Rossiya IIV xorijliklarning fuqarolik olishini osonlashtiruvchi yangi qonunni tayyorlayotgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: