AstraZeneca’ning koronavirusga qarshi vaksinasi mustaqil komissiya tomonidan baholanadi

Jahon 20:54 / 10.09.2020 3996

Avvalroq vaksinaning 3-bosqich sinovlari sinaluvchilardan birida nojo‘ya ta'sir aniqlangandan keyin to‘xtatilgandi.

“Mustaqil ilmiy qo‘mitaning xulosasini kutmoqdamiz. Agar u bir necha hafta ichida olinsa, tadqiqotlar darhol davom ettiriladi”, deb ma'lum qilgan di Lorenso.

Uning aytishicha, ayni vaqtda vaksina bilan 5 ta davlatda 50 ming kishining emlanishi to‘xtatilgan, vaksinaning birinchi dozalari esa yil oxirida olinishi mumkin.

Avvalroq vaksinaning Britaniyadagi sinovlari vaqtida sinaluvchilardan birida tushunarsiz kasallik aniqlangan. Shu sababli vaksinaning ishlab chiqaruvchilari vositaning xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilish uchun tanaffus olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: