Polkovnik Abdurahim Mo‘minov prezident maslahatchisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

O‘zbekiston 19:07 / 09.09.2020 33557

Abdurahim Abdurasulovich Mo‘minov Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Polkovnik Abdurahim Mo‘minov 2016-2018 yillarda O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan. 2018 yil mayidan buyon O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

U yangi lavozimida avvalroq Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimiga o‘tkazilgan Ulug‘bek Muhammadiyevning o‘rnini egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: