Mudofaa vazirligi huzurida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tashkil etiladi

O‘zbekiston 21:00 / 09.09.2020 2507

Majmua hududida Mudofaa vazirligining Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, Harbiy orkestrlar xizmati, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Qarorga ko‘ra, Majmua huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Quyidagilar Majmuaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabani ta'minlashga qo‘shgan munosib hissasini ilmiy asosda o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish;
  • Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish;
  • O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, front ortidagi mehnat qahramonliklari, yurtimizga evakuatsiya va deportatsiya qilingan turli millat vakillari, xususan, bolalarning bag‘rikenglik bilan kutib olinishi va ularga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilishi singari tarixiy voqealarni aks ettirish orqali yosh avlodning ma'naviy olamini yuksaltirish va keksa avlod bilan vorisiylik tuyg‘usini kuchaytirish, yuksak gumanizm, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash;
  • xalqimizning tarixiy xotira bilan yashab, o‘tganlar xotirasini yod etishi, ularga hurmat bajo keltirishi, shuningdek, mazmunli dam olishi bilan bog‘liq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
  • Ikkinchi jahon urushi davriga oid xorijiy muzey ekspozitsiyalari va arxivlari fondlarini o‘rganish, O‘zbekiston xalqining g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini ilmiy asoslash uchun maqsadli, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish hamda ularni keng jamoatchilikka taqdim etish;
  • “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondlari va ekspozitsiyalarini Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish;
  • Ikkinchi jahon urushiga oid muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash, yangilarini aniqlash, to‘plash, ular haqidagi ma'lumotlarni nashrga tayyorlash, chop etish va ilmiy iste'molga kiritish;
  • urush davrida yurtdoshlarimizning jangovar va front ortidagi fidokorona xizmatlarini aks ettiradigan tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda Majmuada ochiq darslar, ma'ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazishni, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashini tashkil etish;
  • Majmuada turistlar, tadqiqotchilar va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va uning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyasini takomillashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish hamda noan'anaviy ko‘rgazmalar yaratish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishdagi chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
  • aholiga madaniy-dam olish xizmatlarini ko‘rsatish.
Ko‘proq yangiliklar: