MIB Yangiyo‘lda 5 mlrd so‘m qarzdorlikning 1,36 mlrd so‘mini undirdi

O‘zbekiston 13:25 / 09.09.2020 5391

Majburiy ijro byurosining Yangiyo‘l tuman bo‘limi ish yurituviga Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor korxonadan undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Toshkent viloyati mintaqaviy filiali foydasiga 5 mlrd 060 mln 466 ming so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro ishi bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor korxonadan undiruvchi bank foydasiga 1 mlrd 360 mln so‘m naqd pul undirib berildi. 

Hozir korxonaning mol mulkini sotuvga qo‘yish hisobidan qarzning qolgan qismini undirish choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: