Kadastr pasportini rasmiylashtirishdagi yengilliklar haqida ma'lumot berildi

O‘zbekiston 14:15 / 09.09.2020 3772

«Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi qaroriga asosan, kadastr pasportini kompleks tarzda olish imkoniyati yaratildi.

Xususan, obektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, kadastr pasporti hamda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirmani bir vaqtda olish mumkin», deydi agentlik vakili.

Shuningdek:

  • kadastr pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda);
  • ko‘chmas mulk obekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va aloxida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
  • ko‘chmas mulk obektining bir qismi begonalashtirilganda obektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda kadastr pasporti bepul 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Kadastr pasporti fuqarolarni ixtiyoriga ko‘ra QR-kod qo‘yilgan qog‘oz shaklda yoki plastik kartochka shaklida berilish mumkin.

Tadbirda fuqaro nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berish bo‘yicha ariza necha ish kunida ko‘rib chiqilishi ma'lum qilindi.

«Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma'lumotnoma berish xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi (6690 so‘m) miqdorida yig‘im undirilishi va 3 ish kuni ichida ma'lumotnoma shakllantirilishi belgilandi.

Ariza asossiz rad etilgan deb hisoblagan taqdiringizda Davlat xizmatlari agentligiga 1148 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz yoki elektron ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mavjud maxsus tugma yordamida bu haqida xabar berishingiz mumkin», dedi Sevara Zokirova.

Ko‘proq yangiliklar: