Isroil va BAA munosabatlar yaxshilanishi haqidagi kelishuvni keyin hafta Tramp ishtirokida imzolaydi

Jahon 08:24 / 09.09.2020 3539

Isroil va BAA rahbariyati vakillari 15 sentyabrda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi haqidagi kelishuvni imzolashadi. Hujjatning imzolanishi tantanali marosimi Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.  

Oq uyning yuqori lavozimli vakilining ma'lum qilishicha, Isroil delegatsiyasiga bosh vazir Binyamin Netanyaxu, BAA delegatsiyasiga esa tashqi ishlar vaziri Abdulloh bin Zoid Ol Nahayon boshchilik qiladi. 

Isroil bosh vaziri bu ma'lumotni tasdiqlagan.

“Men Tramp taklifi bilan Oq uyda ushbu tarixiy marosimda ishtirok etish uchun keyingi hafta Vashingtonga yo‘l olaman”, deb yozgan Netanyaxu tvitterda.

Avgust o‘rtasida Isroil va BAA tinchlik sulhini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Isroil Iordan daryosining butun g‘arbiy sohili ustidan suverenitetini e'lon qilmaydi hamda musulmonlarga Al-Qudsdagi muqaddas qadamjolarga tashrif buyurishga ruxsat beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: